» » Dublinda 5 ta gol urgan Daniya JCh—2018 ga yo‘l oldi. Kristian Eriksendan xet-trik

Dublinda 5 ta gol urgan Daniya JCh—2018 ga yo‘l oldi. Kristian Eriksendan xet-trik


JCh—2018 ga tashrif buyuruvchi Yevropaning barcha — 13 ta terma jamoasi nomi aniq bo‘ldi. Mezbon Rossiya bilan UEFA tasarrufidagi davlatlar soni mundialda 14 tani tashkil qiladi.

Eng so‘nggi yo‘llanma Daniya termasiga nasib qildi. Kopengagenda Irlandiya bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagan daniyalik futbolchilar, Dublinda 5 ta gol urishga erishdi — 5:1. “Tottenhem” yetakchilaridan biri Kristian Eriksen irlandlar darvozasini uch bor aniq nishonga oldi.

Daniya JAR—2010 ga tashrif buyurgan bo‘lib, Braziliya mundialini qo‘yib yuborgandi. Irlandlar esa so‘nggi bor 2002-yilgi mundialda ishtirok etib, nimchorak finalga qadar yetib borgan. Germaniya, JAR, Braziliya va mana endi Rossiya mundiallari Irlandiyasiz o‘tadigan bo‘ldi.

Shu tariqa JCh—2018 da ishtirok etishi aniq bo‘lgan mamlakatlar soni 30 taga yetdi. So‘nggi ikki yo‘llanma Avstraliya — Gonduras va Peru — Yangi Zelandiya o‘yinlaridan keyin o‘z egalarini topadi.

JCh—2018

Pley-off

14-noyabr, seshanba

Gollar: Sheyn Daffi, 6 (1:0). Andreas Kristensen, 29 (1:1). Kristian Eriksen, 32 (1:2). Kristian Eriksen, 63 (1:3). Kristian Eriksen, 74 (1:4). Niklas Benntner, 90-pen (1:5).

Dastlabki o‘yin: 0:0

Опубликовано: admin (15-11-2017, 07:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 116) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют