» » Toshkentda uchtalik asosiy kameraga ega Huawei P20 Pro smartfoni 6,7 mln so‘mdan sotila boshladi

Toshkentda uchtalik asosiy kameraga ega Huawei P20 Pro smartfoni 6,7 mln so‘mdan sotila boshladi


O‘zbekistonda Huawei kompaniyasining fotoapparatlar ishlab chiqaruvchi mashhur Leica kompaniyasi bilan hamkorikda yaratilgan uchta asosiy kamera o‘rnatilgan P20 Pro flagman kamerofoni sotuvga chiqdi, deb yozadi “Mobinfo.uz”.

6,1 dyuymli smartfonning uchtalik Leica kamerasi 40 megapikselli RGB-sensor, 20 megapikselli monoxrom hamda 8 megapikselli uzun fokusli obyektiv bilan jihozlangan sensorlar to‘plamidan iborat.

Toshkentdagi “Malika” savdo markazida Huawei P20 Pro 6 680 000 so‘mdan sotilmoqda. Taqqoslash uchun, ikkita asosiy kameraga ega Huawei P20 modelini 5 040 000 so‘mga sotib olish mumkin.

Ushbu qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilma va uning narxi haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют