» » O‘zbekistonda LG X Power 2 smartfoni 1,6 mln so‘mdan sotuvga chiqdi

O‘zbekistonda LG X Power 2 smartfoni 1,6 mln so‘mdan sotuvga chiqdi


Toshkentda LG X Power 2 smartfoni sotila boshladi, deb yozadi “Mobinfo.uz”. Unga 4500 mA/soat sig‘imli batareya va tezkor quvvat olish imkonini beruvchi Quick Charge 2.0 texnologiyasi o‘rnatilgan.

Qurilma 5,5 dyuymli va 1280?720 pikselli IPS-matritsali displey, 8 yadroli MediaTek MT6750 protsessori, 2 Gb tezkor va 16 Gb doimiy xotira, 13 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kameraga ega. Android 7.0 Nougat operatsion tizimida ishlaydi.

Toshkentdagi “Malika” savdo markazida LG X Power 2 1 600 000 so‘mdan taklif etilmoqda. Uni to‘q ko‘k va tillarang korpuslarda sotib olish mumkin.

Taqqoslash uchun, LG X Power 1 200 000 so‘mdan sotilmoqda.

Ushbu qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilma va uning narxi haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют