» » Toshkentda OnePlus 5 smartfoni qariyb 4,5 mln so‘mdan sotuvga chiqdi

Toshkentda OnePlus 5 smartfoni qariyb 4,5 mln so‘mdan sotuvga chiqdi


O‘zbekistonda Xitoyning OnePlus kompaniyasi smartfonlari sotila boshladi. Shu paytgacha bu smartfonlarni faqat buyurtma orqali sotib olish mumkin edi. Hozircha bozorda faqat bitta model — OnePlus 5 taklif qilinmoqda, deb yozadi “Mobinfo.uz”.

OnePlus 5 modelini 8 Gb tezkor va 128 Gb doimiy xotirali top-versiyada sotib olish mumkin. Qolgan xususiyatlariga kelsak, devays 5,5 dyuymli Full HD AMOLED-displey, Snapdragon 835 chipseti, 12 megapikselli asosiy qo‘sh kamera, 16 megapikselli old kamera, old paneldagi barmoq izi skaneri, 3300 mA/soat sig‘imli akkumulyator, Dash Charge tezkor quvvat olish funksiyasiga ega.

Smartfon Oxygen OS proshivkali Android 7.1.1 Nougat operatsion tizimida ishlaydi. Toshkentdagi “Malika” savdo markazida OnePlus 5 smartfoni 4 428 000 so‘mga sotilmoqda.

Ushbu qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilma va uning narxi haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют