» » JCh—2018. Belgiya Panamani tor-mor etdi, Lukakudan dubl, Mertensdan esa supergol (video)

JCh—2018. Belgiya Panamani tor-mor etdi, Lukakudan dubl, Mertensdan esa supergol (video)


Bugun, 18-iyun sanasida Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan Jahon Chempionati doirasida 1-tur o‘yinlari davom ettirilmoqda. Jumladan, “G” guruhidan o‘rin olgan Eden Azar boshchiligidagi Belgiya termasi Panama termasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘lim golsiz durang bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limning 47-daqiqasida Dris Mertens havodagi to‘pni to‘xtatmasdan Panama darvozasiga joylab qo‘ydi va hisobni ochdi. 69-daqiqaga kelib APLda javlon urgan Kevin De Bryuynening ajoyib uztmasini “Manchester Yunayted” hujumchisi Romelu Lukaku golga aylantirib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Yana o‘sha Lukakuning o‘zi 75-daqiqada 3:0 bo‘lishini ta’minladi.

Shu tariqa Belgiya mundialni yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi.

Birozdan so‘ng “G” guruhining yana ikki jamoasi Tunis hamda Angliya terma jamoalari birinchi tur doirasida bellashadi.

Jahon Chempionati

“G” guruhi?, 1-tur bellashuvi

18-iyun, dushanba

Gollar: 1:0 — 47 Dris Mertens, 2:0 — 69 Romelu Lukaku, 3:0 — 75 Romelu Lukaku.

Belgiya: Kurtua, Boyata, Vertongen, Mene, Alderveyreld, de Bryuyne, Ferreyra Karrasko (Dembele, 74), Vitsel (Shadli, 90), Eden Azar, Mertens ( Torgan Azar, 83), Lukaku.

Panama: Penedo, Torres, Devis, Murilo, Eskobar, Godoy, Gomes, Kuper, Barsenas (Torres, 63), Rodriges (Dias, 63), Peres (Texada, 73).

Ogohlantirishlar: Mene (14), Devis (18), Barsenas (45), Kuper (49), Murilo (51), Godoy (57), Vertongen (59), de Bryuyne (88).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2018, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют