» » Tailandda so‘nggi to‘qqiz yil ichida birinchi bor jinoyatchi qatl etildi

Tailandda so‘nggi to‘qqiz yil ichida birinchi bor jinoyatchi qatl etildi


Tailandda 2009-yildan buyon birinchi marotaba o‘lim jazosiga hukm etilgan jinoyatchi qatl etildi. U mobil telefon sababli bir o‘smirni o‘ldirganlikda ayblangan. Bu haqda Bangkok Post’ga tayanib, TJournal xabar berdi.

18-iyun kuni 2012-yilda 17 yoshli o‘smirni o‘ldirganlikda ayblangan 17 yoshli Tirasaka Longji qatl etildi. Longji o‘z qurboniga 24 marotaba pichoq urgan va uning mobil telefoni bilan hamyonini olib qo‘ygan. Himoya hukmni apellyatsion sudga oshirishga uringan, biroq u bekor qilingan.

2003-yilda Tailand hukumati o‘lim jazosini inyeksiya yordamida amalga oshirishni joriy etgan. Longjining qatli mamlakatda 2009-yildan buyon amalga oshirilgan ilk ijroga aylandi. 1930-yildan buyon Tailandda 326 kishi o‘lim jazosiga hukm etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют