» » “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ joriy yilning o‘tgan 5 oyi davomida 436 ming tonna metall prokati ishlab chiqardi

“O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ joriy yilning o‘tgan 5 oyi davomida 436 ming tonna metall prokati ishlab chiqardi


“O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tomonidan joriy yilning o‘tgan besh oyi davomida yangi natija — 436 ming tonna metall prokati ishlab chiqarishga erishdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Ushbu ko‘rsatkichga so‘nggi 20—25 yil ichida ilk bor erishilgani uning ahamiyatini yaqqol ko‘rsatib turibdi. O‘tgan davr ichida metall parchalarni yig‘ish va tayyorlash, suyuq po‘latni eritish hajmlari ham sezilarli darajada oshgan.

Prezidentning 2017-yil 15-sentabrdagi “O‘zmetkombinat” AJ boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, kombinatning boshqaruvi SFI Management Group kompaniyasiga berilgan edi. Mamlakatda ilk bor qo‘llanilgan bunday amaliyot bugun o‘zini oqladi.

O‘tgan yilning birinchi choragida 247 ming tonna metall prokati tayyorlangan bo‘lsa, joriy yilning shu davrida 337 ming tonna navli prokat ishlab chiqarilgan.

Kombinatning iqtisodiyot boshqarmasi boshlig‘i Asror To‘raboyevning aytishicha, korxona to‘liq ishonchli boshqaruvga o‘tganidan so‘ng, joriy yilning yanvar—may oylarida 2 trillion 123,9 milliard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Bu o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 46,8 foizga ortiqdir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2018, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют