» » O‘zbekiston 2018-yilning birinchi choragida Tojikistondan 172 ming tonna sement sotib oldi

O‘zbekiston 2018-yilning birinchi choragida Tojikistondan 172 ming tonna sement sotib oldi


Tojikiston oxirgi ikki yilda sement eksporti hajmini qariyb 2,5 barobarga oshirdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Joriy yilning birinchi choragida qo‘shni davlatlarga 322 ming tonna mahsulot yetkazib berildi. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 113 ming tonna edi.

2018-yilning birinchi choragida O‘zbekiston mazkur davlatdan 172 ming, Afg‘oniston 131 ming, Qirg‘iziston 19 ming tonna sement sotib oldi.

Xarid qilish ko‘rsatkichi O‘zbekistonda 16,3, Qirg‘izistonda 6 barobar oshgan bo‘lsa, Afg‘onistonda, aksincha, 8,8 barobar pasaydi.

Ma’lumot uchun, hozir Tojikistonda to‘rtta yirik sement zavodi ishlab turibdi. O‘tgan yili ular tomonidan 3,1 million tonna qurilish mahsuloti ishlab chiqarildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют