» » O‘qituvchilarning maoshini oshirish va hisobotlarni qisqartirish taklif qilinmoqda

O‘qituvchilarning maoshini oshirish va hisobotlarni qisqartirish taklif qilinmoqda


O‘zbekistonda xalq ta’limi tizimidagi pedagog xodimlarning ijtimoiy mavqeyini oshirish rejalashtirilmoqda. Bu haqdagi prezident qarorining loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun chop etilgan, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Hujjatda ta’lim sohasi rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan “tizimli muammolar va kamchiliklar” sanab o‘tiladi. Ulardan asosiylari — xalq ta’limi muassasalari xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va moddiy rag‘batlantirish tizimiga yetarli darajada e’tibor qaratilmagani xalq ta’limi tizimiga yuqori malakali mutaxassislar va pedagog xodimlarni jalb etish imkonini bermasdan, ortiqcha qog‘ozbozlik va hisobotbozlikka chek qo‘yilmaganligi pedagog xodimlarning tashabbuskorligi va mas’uliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Davlat organlari tomonidan xalq ta’limi muassasalariga ularning faoliyat yo‘nalishiga tegishli bo‘lmagan vazifalarning yuklatilishi umumiy o‘rta ta’lim bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha ularning zimmasidagi birinchi darajadagi vazifalarni bajarish uchun mavjud kuch va vositalardan oqilona foydalanish imkonini bermayotganligi ham muammolar ro‘yxatidan joy olgan.

Hujjatda 1-sentabrdan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining yuqori sinf o‘qituvchilarining oylik ish haqlarini 24 foizga, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining oylik ish haqlarini esa 10 foizga oshirish taklif qilinmoqda.

Yangi o‘quv yilidan umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilarining pedagogik yuklamasini bekor qilish, ulardan ortiqcha hisobotlar va qo‘shimcha ma’lumotlarni talab qilishni qat’iyan taqiqlash rejalashtirilmoqda.

Ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiya jarayoniga shaxsiy hissa qo‘shayotgan, o‘z kasbiga sodiqlik va tashabbuskorlik, yuqori kasb darajasini namoyon etayotgan, o‘quvchilari hududiy, respublika va xalqaro miqyosdagi turli fan olimpiadalarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan pedagog kadrlarga eng kam oylik ish haqining 3 barobaridan 20 barobarigacha miqdorida bir martalik moddiy rag‘batlantirish tartibini joriy etish taklif etilmoqda.

Bundan tashqari, eng yaxshi o‘qituvchilarni malaka oshirishning qisqa muddatli kurslariga chet ellarga yuborish belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют