» » JCh—2018. “To‘xtatib bo‘lmas Ronaldu”. Krishtianuning goli Portugaliyaga Marokash ustidan g‘alaba keltirdi (video)

JCh—2018. “To‘xtatib bo‘lmas Ronaldu”. Krishtianuning goli Portugaliyaga Marokash ustidan g‘alaba keltirdi (video)


Bugun, 20-iyun sanasida esa Rossiyada o‘tayotgan futbol bo‘yicha Jahon Chempionati 2-tur doirasida 3 ta uchrashuv bo‘lib o‘tishi belgilangandi. Ularning dastlabkisi “B” guruhining 2 jamoasi — Portugaliya hamda Marokash o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.?

Uchrashuvning 4-daqiqasida Krishtianu Ronaldu o‘zining mundialdagi 4-golini kiritdi. Ronaldu burchakdan oshirib berilgan to‘pni bosh bilan Marokash darvozasiga joylab qo‘ydi. Mazkur gol o‘yin so‘ngiga qadar o‘zgarmay qoldi.

Shu tariqda Portugaliya 2-turda g‘alaba qozonib, ochkolari sonini 4 taga yetkazib oldi. Mazkur guruhning ikkinchi o‘yini bugun tunda, 23:00 da Eron hamda Ispaniya terma jamoalari o‘rtasida kechadi.

Jahon Chempionati

“B” guruhi, 2-tur bellashuvi

20-iyun, chorshanba

Gol: 1:0 — 4 Ronaldu.

Portugaliya: Ruy Patrisiu, Pepe, Gerreyru, Soaresh, Fonte, Moutinyu, Vilyam Karvalyu, Gonsalu Gedesh, Bernardu Silva (Jelson Martinsh, 59), Joau Mariu (Brunu Fernandesh, 70), Ronaldu.

Marokash: Muhammadi, da Koshta, Benatiya, Hakimi, Dirar, Belhanda (Karsela-Gonsales, 75), Bussufa, Ziyesh, El-Axmadi, Amrabat, Butaib (al-Kaabi, 69).

Ogohlantishlar: Benatiya (40), Silva (90+2).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют