» » Farg‘onalik olti nafar otaxon velosipedda O‘zbekiston bo‘ylab sayohatga chiqdi

Farg‘onalik olti nafar otaxon velosipedda O‘zbekiston bo‘ylab sayohatga chiqdi


Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani hamda Qo‘qon shahrida istiqomat qiluvchi otaxonlar – Usmonjon Ortiqov, Bahodirjon G‘oyipov, Ahmadali Mamadaliyev, Ikromxo‘ja Tursunxo‘jayev, Akbarali Asqarov, Sherxon Qurbonov velosipedda O‘zbekiston bo‘ylab sayohatga chiqishdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar bermoqda.

Sayohatchi otaxonlar dastlab Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘ylab safar qilib, “chigalyozdi” mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Shu tariqa o‘z imkoniyatlarini chamalab olgan otaxonlar Qo‘qon—Toshkent–Guliston–Jizzax–Samarqand–Buxoro–Qarshi–Termiz yo‘nalishi bo‘yicha sayohatga chiqdi. Yo‘l-yo‘lakay mazkur hududlardagi tarixiy obidalar va diqqatga sazovor joylarni ziyorat qildi.

Soatiga 17 kilometr yo‘l yurgan otaxonlar 17 kunda 1020 kilometr masofani ortda qoldirib, Termiz shahriga yetib bordi.

Ma’lumot uchun, sayohatchi otaxonlarning eng yoshi 63 yoshni qarshilagan bo‘lsa, keksasi 72 yoshga to‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют