» » Hindistonda kalamushlar 17 ming dollarni yeb qo‘ydi

Hindistonda kalamushlar 17 ming dollarni yeb qo‘ydi


Hindistonda kalamushlar 17 ming dollarni yeb qo‘ydi, deb yozmoqda National Geographic.

Sayyorada katta miqdorda kalamushlar yashaydi. Bu borada aniq statistik ma’lumotlar mavjud emas, biroq taxminiy raqamlarning o‘zi ham ularning tarqalish hududi naqadar katta ekanidan dalolat beradi. Birgina Buyuk Britaniyaning o‘zida kalamushlarning soni 200 millionga yaqindir. Hindistonda esa mamlakatning issiq iqlimi va ovqat qoldiqlarining ko‘pligi sababli kalamushlar soni yanada ko‘proq.

Hindistonning Assam shtatida pul chiqarmay qo‘ygan bankomatni tuzatmoqchi bo‘lgan mutaxassislar uning ichini ochib nosozlik texnik sabablarga bog‘liq bo‘lmaganini aniqladi. Aniqlanishicha, kalamushlar bankomatdagi pullarni g‘ajib qo‘ygan. Kalamushlar umumiy miqdorda 1,2 million rupiya (17 600 dollar) pulni yo‘q qilgan. 1,7 million rupiya saqlab qolingan. Yirtiq pullar ichida o‘lik kalamush ham topilgan.

Bir yoki bir nechta kalamush simlar uchun qilingan teshiklar orqali bankomatning ichiga kirib olgan, deb taxmin qilish mumkin.

Yes! The rat did a fine job of making a very expensive nest worth 12 lakhs pic.twitter.com/SglTeV1Xum

— Karma Paljor (@Karma_Paljor) June 18, 2018



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2018, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют