» » Video: Hindistondagi kalamushlar ibodatxonasi

Video: Hindistondagi kalamushlar ibodatxonasi


Hindistonning Denshok shahrida kalamushlar ibodatxonasi joylashgan. Ibodatxonaga bog‘liq afsonalarga ko‘ra, dunyodan o‘tgan odamlar kalamushlar ko‘rinishida qayta tug‘iladi. National Geographic mazkur ibodatxonaga e’tibor qaratdi.

Hindistonning turli tomonlaridan odamlar “kalamush bo‘lib tug‘ilgan qarindoshlari”ni ziyorat qilish uchun ibodatxonaga keladi. Ibodatxonada kamida 250 mingta kemiruvchi yashaydi.

Kalamushlarga alohida kasta vakillari g‘amxo‘rlik qiladi. Kemiruvchilarning ovqat ratsioniga don, kokos yong‘oqlari va sut kiradi. Shirin va yuqori kaloriyali ovqatlar kalamushlarning diabet bilan kasallanib, tabiiy muddatdan avvalroq o‘lishiga olib kelishi mumkin. Bu holat yuz bergan vaqtda o‘lgan kalamushlar kumush yoki oltindan yasalgan nusxasi bilan almashtiriladi. Ziyoratchilar va qarovchilar kalamushlar bilan ovqatlanishni va suv ichishni baxt va sharaf deb biladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2018, 07:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют