» » Donald Tramp Vladimir Putin bilan iyulda uchrashishni rejalashtirmoqda

Donald Tramp Vladimir Putin bilan iyulda uchrashishni rejalashtirmoqda


AQSh prezidenti Donald Tramp kelasi oyda Yevropaga amalga oshiradigan tashrifi chog‘ida Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan uchrashishni rejalashtirmoqda, deb yozadi Bloomberg vaziyatdan xabardor manbalariga tayanib.

Ta’kidlanishicha, uchrashuv uchun ikkita variant bor: 11—12-iyul kunlari Bryusselda bo‘lib o‘tadigan NATO sammitigacha yoki Trampning 13-iyulga mo‘ljallangan Buyuk Britaniyaga tashrifidan keyin.

Oq uy vakili Garret Markiz AQSh milliy xavfsizlik maslahatchisi Jon Bolton kelasi hafta ikki mamlakat yetakchilarining bo‘lg‘usi uchrashuvini muhokama qilish uchun Rossiyaga borishini tasdiqladi. Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov uchrashuv sammitgacha o‘tkazilishini rad etdi, ammo Bolton Rossiyaga tashrif buyurishini tasdiqladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2018, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют