» » Jahon banki Rog‘un GESi qurilishini moliyalashtirmaydi

Jahon banki Rog‘un GESi qurilishini moliyalashtirmaydi


Tojikiston Rog‘un GESini qurish uchun Jahon bankidan moliyaviy yordam olmaslikka qaror qildi. Bu haqda Reuters’ga tayanib, Spot xabar bermoqda.

2017-yili Tojikiston 500 million dollarlik dastlabki yevroobligatsiyalarni chiqardi. Ular orqali 3,9 milliard dollarlik GES qurilishini moliyalashtirish rejalashtirilgan edi. Biroq Jahon banki qurilishni moliyalashtirmasligi xabar qilinganidan keyin GES qaysi mablag‘lar evaziga qurilishi noma’lumligicha qolmoqda.

Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Myuller bankning boshqa yirik GES qurilishini moliyalashtirishini ma’lum qildi. Aytilishicha, Tojikiston va bank Nurek elektr stansiyasining ta’mirlanishi borasida hamkorlik qilishga qaror qilgan.

Tojikiston GES qurilishini moliyalashtirish uchun yangi obligatsiyalar chiqarishga qaror qilgan.

Myullerning fikricha, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlarning yaxshilanishi elektr energiyasi eksporti uchun yangi istiqbollarni yaratadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hukumati bir necha marotaba loyihaning Markaziy Osiyo mintaqasiga xavf solishi borasida tashvishda ekanini bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2018, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют