» » Yevropa investitsiya banki O‘zbekistonga 500 mln dollarlik ilk kreditlarni ajratishga tayyor

Yevropa investitsiya banki O‘zbekistonga 500 mln dollarlik ilk kreditlarni ajratishga tayyor


Yevropa investitsiya banki (YeIB) O‘zbekistonga jami 500 million dollarlik ilk kreditlarni taqdim etishga tayyorlanmoqda, deb yozadi Spot “O‘zbekiston 24” telekanaliga tayanib.

“Yevropa investitsiya banki o‘z faoliyatini doiraviy kreditlar ajratish yo‘li bilan boshlashga tayyor. Moliyalashtirish hajmi taxminan 500 million dollarni tashkil etadi”, — dedi YeIB vitse-prezidenti Vasil Xudak.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, YeIB suv resurslarini boshqarish, issiqlik ta’minoti, energiya samaradorligi va agrar sektor sohasidagi loyihalarga mablag‘ ajratadi.

O‘zbekiston va Yevropa investitsiya banki bankning mamlakat hududidagi faoliyati haqida 2017-yil oktabrda bitim tuzgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют