» » O‘zbekiston va Yevropa investitsiya banki o‘rtasidagi kelishuv kuchga kirdi

O‘zbekiston va Yevropa investitsiya banki o‘rtasidagi kelishuv kuchga kirdi


O‘zbekiston va Yevropa investitsiya banki o‘rtasida 2017-yil 13-oktabr kuni Vashingtonda imzolangan YeIBning mamlakat hududida faoliyatiga oid hadli bitim kuchga kirdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Hadli bitim YeIBning O‘zbekistonda faoliyatini amalga oshirish uchun huquqiy asoslarini vujudga keltiradi.

Ushbu hujjat mamlakatda yirik ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish uchun bankning moliyaviy vositalaridan foydalanish imkonini beradi. O‘zbekiston hamda Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi moliyaviy va texnikaviy hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Shu tariqa, O‘zbekiston YeIB faoliyat yuritadigan Markaziy Osiyodagi to‘rtinchi mamlakat bo‘ldi. Bugungi kungacha bank Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda Tojikistonga infratuzilma loyihalari, shuningdek, kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish uchun 700 million yevrodan oshiq mablag‘ ajratgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2018, 07:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют