» » O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyada ishlashi haqidagi bitim kuchga kirdi

O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyada ishlashi haqidagi bitim kuchga kirdi


21-dekabr kuni Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy jalb etish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim kuchga kirdi, deb yozadi “Gazeta.uz”. Hujjat 5-aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga davlat tashrifi chog‘ida imzolangan edi.

Bitim ishchi kuchi harakatlanishi jarayonlarini tartibga solish va huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish, shuningdek, Rossiya Federasiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan mehnatkash-migrantlarning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilish zaruriyatidan kelib chiqib ishlab chiqilgan.

Bitim Rossiya Federasiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy jalb etish va ishga qabul qilish bo‘yicha tomonlar hamkorligining tartibi va shartlarini belgilab beradi.

Bitim O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi mehnat migrasiyasi jarayonlarini qonuniy oqimga solish imkoniyatini yaratadi, ikkala mamlakat fuqarolarining manfaatlariga xizmat qiladi, mehnatkash-migrantlarning huquq va erkinliklarini himoya etadi, ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarni kafolatlaydi, shuningdek odam savdosining rivojlanishiga sabab bo‘ladigan noqonuniy migrasiyaning oldini oladi.

Опубликовано: admin (26-12-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 112) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют