» » Rossiya va O‘zbekiston mehnat vazirlari muzokaralar o‘tkazdi

Rossiya va O‘zbekiston mehnat vazirlari muzokaralar o‘tkazdi


O‘zbekiston Mehnat vaziri Aziz Abduhakimov Rossiya mehnat va ijtimoiy himoya vaziri Maksim Topilin bilan Moskvada muzokaralar o‘tkazdi, deb yozadi UzDaily.

Uchrashuv doirasida tomonlar Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida 1994-yil 9-sentabrda imzolangan ishchilarga mayiblik, kasbiy kasallik yoki ularning sog‘lig‘iga yetgan mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq boshqa zararlar uchun tovon puli olish huquqlarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi bitimning ijro etilishi ustidan monitoring o‘tkazish tartibini imzoladi.

Maksim Topilin ta’kidlashicha, monitoring jabrlanganlarga to‘lovlar o‘z vaqtida hisoblab berilishini ta’minlaydi.

Ikki mamlakat vazirlari O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasidagi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkiliy jalb etish haqidagi bitim loyihasini muhokama qildi.

Опубликовано: admin (29-03-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют