» » Toshkent viloyati hokimi Sankt-Peterburg gubernatori bilan uchrashuv o‘tkazdi

Toshkent viloyati hokimi Sankt-Peterburg gubernatori bilan uchrashuv o‘tkazdi


Toshkent viloyati hokimi Shukurullo Boboyev rahbarligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tashrif bilan bo‘lib turibdi, deya xabar bermoqda UzDaily.

2017-yil 13-mart kuni Toshkent viloyati hokimi Sankt-Peterburg gubernatori Georgiy Poltavchenko bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar O‘zbekiston va Rossiya kompaniyalari o‘rtasidagi sanoat, qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksporti kabi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollarini, shuningdek, madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yish va turizm masalalarini muhokama qildi.

Suhbatda asosiy e’tibor mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha hamkorlikka qaratildi. Shuningdek, Sankt-Peterburgda O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ochilishi bilan bog‘liq mavzu ham tilga olindi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha, Sankt-Peterburg ma’muriyati rahbariyatining biznes doiralar bilan birga O‘zbekistonga noyabr oyida javob tashrifi bilan borishi, shuningdek, hududlar tadbirkorlari o‘rtasida tizimli asosda videokonferensiyalar o‘tkazishni tashkil qilish haqida kelishib olindi.

Опубликовано: admin (14-03-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют