» » 10 nafar TATU talabasi Sankt-Peterburg Davlat telekommunikatsiyalar universiteti qishki maktabiga yuborildi

10 nafar TATU talabasi Sankt-Peterburg Davlat telekommunikatsiyalar universiteti qishki maktabiga yuborildi


TATU talabalarining 10 nafari Sankt-Peterburg Davlat telekommunikatsiyalar universitetiga o‘zaro hamkorlik doirasida tajriba almashish uchun yuborildi. Bu haqda universitet rasmiy sayti xabar berdi.

2016-yil 19—23-sentabr kunlari “AKT haftaligi”ga tashrif buyurgan M.A.Bonch-Bruyevich nomidagi Sankt-Peterburg Davlat telekommunikatsiyalar universiteti (SPbGUT) delegatsiya a’zolari bilan bo‘lgan uchrashuvda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va sifatli mutaxassis kadrlarni tayyorlashda qo‘shma dasturlarni ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha kelishib olingan edi.

Shu kelishuvga asosan, SPbGUT rektori S.V.Bachevskiy Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalarini “Qishki maktab — 2017” dasturida ishtirok etishi yuzasidan taklif berdi. Ushbu kursda qatnashish uchun Sankt-Peterburg shahriga TATUning 10 nafar talabalari va ularga rahbar sifatida “Televizion texnologiyalar” fakulteti dekani F.Nuraliyev 2017 yil 10—24-fevral kunlari 2 hafta muddatga xizmat safariga yuborildi.

Опубликовано: admin (15-02-2017, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют