» » Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Fransiyaning Cluster Montagne uyushmasi vakillari bilan uchrashdi

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Fransiyaning Cluster Montagne uyushmasi vakillari bilan uchrashdi


O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A. Sharopov Fransiyaning Cluster Montagne uyushmasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Delegatsiya tarkibiga Albervil shahridagi Olimpiya o‘yinlari uyi prezidenti va mintaqa bo‘yicha maslahatchi Savoya Gay Sevessand, Geode kompaniyasi bosh direktori Frederik Gamara, Geode kompaniyasining xalqaro loyihalar bo‘yicha rahbari Uberto Eskudero kirdi.

Ikki kun davomida delegatsiya Chimyonning sayyohlik salohiyati bilan tanishib, Chorvoq suv ombori va Chimyon tog‘larida turizmni rivojlantirish bo‘yicha umumiy tasavvurga ega bo‘ldi.

G. Sevessand so‘zlariga ko‘ra, Chimyon tog‘lari piyoda safarlar, tog‘ velosporti, yozgi vaqtda paraplanda parvozlar, qishki paytda esa tog‘-chang‘i sportini tashkil etish orqali faol hordiq bo‘yicha professional va havaskorlarni jalb etish uchun katta salohiyatga ega.

Gamara Chorvoq suv omboriga tutash hududlarning salohiyatini alohida tilga oldi va ushbu hududning rekreatsion (hordiq chiqarishga mo‘ljallangan) salohiyatini oshirish bo‘yicha ulkan imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi.

Shuningdek, F. Gamara turizm sektoriga investitsiyalar kiritishni rag‘batlantirish hamda hududning sayyohlik yo‘nalishi sifatida tezkorlik bilan rivojlanishi uchun ushbu hududda erkin iqtisodiy (yoki turistik) zona yaratish masalasini ko‘rib chiqish kerak, degan fikr bildirdi.

Опубликовано: admin (7-02-2017, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют