» » O‘zbekiston Mehnat vazirligi Rossiyaning “Vologda podshipnik zavodi” bilan bitim imzoladi

O‘zbekiston Mehnat vazirligi Rossiyaning “Vologda podshipnik zavodi” bilan bitim imzoladi


O‘zbekiston Mehnat vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Rossiyaning “Vologda podshipnik zavodi” YoAJ bilan bitim imzoladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston Mehnat vazirligi o‘z funksiyalari va vakolatlari doirasida aholi bandligini ham mamlakat ichida, ham respublika fuqarolarini tashkillashtirilgan tartibda tanlab olish va yuborish tizimi yo‘lga qo‘yilayotgan mamlakatlar geografiyasini kengaytirish hisobiga ta’minlash sohasida faol ish olib bormoqda, deyiladi xabarda.

Xususan, 2016-yil dekabrida Toshkentda “Vologda podshipnik zavodi” YoAJ direktori o‘rinbosari V.V.Popov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan, unda ushbu korxonada ishlab chiqarish hajmini oshirish rejalari tufayli, O‘zbekistondan ishchilarni qo‘shimcha ravishda yollash haqida kelishib olingan edi. Ta’kidlanishicha, bugungi kunda zavodda 3,5 mingdan ortiq kishi faoliyat yuritadi, shulardan 139 nafari O‘zbekiston fuqarolaridir.

2017-yil 28-fevral kuni “Vologda podshipnik zavodi” YoAJ va Mehnat vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi o‘rtasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston fuqarolarini jalb etish va yollash haqida bitim imzolandi. Bitimda Rossiyada mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolarining ijtimoiy himoyasi, iqtisodiy va boshqa huquqlari kafolati ko‘zda tutilgan.

Bitimga muvofiq, Rossiya ish beruvchisi O‘zbekiston fuqarolari ishga joylashishi uchun kasblar ro‘yxati, malaka darajasi va vakansiyalar sonini oldindan aniqlaydi hamda agentlikka mavjud ish o‘rinlari va ishchilarga nisbatan talablarni ma’lum qiladi.

Опубликовано: admin (19-03-2017, 09:43)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют