» » Toshkentda O‘zbekiston Respublikasida bolalar mehnati masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishi o‘tkazildi

Toshkentda O‘zbekiston Respublikasida bolalar mehnati masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishi o‘tkazildi


Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasida bolalar mehnati masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Kasaba uyushmalari Federatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unda 2016-yilda milliy va xalqaro mehnat standartlari bo‘yicha aholi xabardorligini oshirish kampaniyasi tahlili natijalari hamda 2017-yilda amalga oshiriladigan vazifalar ko‘rib chiqildi. 

2016-yilda Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan “Milliy va xalqaro mehnat standartlari bo‘yicha respublika aholisi xabardorligini oshirishga yo‘naltirilgan axborot-tushuntirish kampaniyasi Konsepsiyasi” ishlab chiqildi.

Mazkur Konsepsiya asosida qishloq xo‘jaligidagi mavsumiy ishlarga erkin yollash, shuningdek, bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risida banner, poster va flayerlar tayyorlanib, chop etildi hamda butun respublika bo‘yicha aholi gavjum va ko‘rinarli joylarga joylashtirildi.

Milliy teleradiokompaniya telekanallari orqali Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Mehnat vazirligi va Savdo-sanoat palatasi tizimidagi qayta aloqa mexanizmi va “Ishonch telefonlari” aks ettirilgan videorolik namoyish etib borilmoqda. Mobil operatorlar orqali esa fuqarolarning mehnat huquqlariga rioya etilmagan holatlarda murojaat etish mumkin bo‘lgan telefon raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar SMS xabar shaklida aholiga yetkazildi. 

Yig‘ilishda aholining mehnat huquqlari bo‘yicha xabardorligini oshirish borasidagi ishlarni yanada kengaytirish maqsadida axborot-tushuntirish kampaniyasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Muvofiqlashtiruvchi kengash a’zolari Xalqaro mehnat tashkiloti va Jahon banki bilan tizimli ishlarni davom ettirishni maqsadga muvofiq, deb topdi. Shu maqsadda Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2017- yil uchun kompleks chora-tadbirlar rejasi qabul qilindi. 

XMT ekspertlar Qo‘mitasining Xalqaro mehnat konferensiyasining 106-sessiyasidagi ma’ruzasida O‘zbekistonda XMT Konvensiyalari bajarilishi bo‘yicha qator ijobiy natijalar qayd etilgani, xususan, hukumat va ijtimoiy sheriklar tomonidan o‘z zimmalariga olingan majburiyatlarning amalga oshirilishi paxta terimi davrida xalqaro mehnat standartlariga rioya etilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgani alohida ta’kidlangan. 

Ekspertlar qo‘mitasi O‘zbekistondagi ijtimoiy sheriklardan milliy monitoring, ta’lim muassasalaridagi davomatni mustahkamlash, mehnat qonunchiligiga rioya etmaslik holatlarining oldini olish, shuningdek, ushbu masalalar bo‘yicha jamoatchilikning xabardorligini oshirish borasidagi ishlarni davom ettirishni so‘radi.

Опубликовано: admin (15-03-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют