» » O‘zbekiston fuqarolarining Rossiya hududida ishlashining qonuniy asosi mustahkamlanadi

O‘zbekiston fuqarolarining Rossiya hududida ishlashining qonuniy asosi mustahkamlanadi


Rossiya federatsiyasi kengashi “O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Rossiya federatsiyasi hukumati o‘rtasidagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini tashkil etish uchun saralash va jalb etish to‘g‘risidagi kelishuvni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.

Kelishuvda xorijiy ishchi kuchini oldindan saralash, tekshirish va mehnat muhojirlarini Rossiyadagi mehnat faoliyatiga tayyorlash usulini ma’qullash ko‘zda tutilgan.

Saralash va tekshirish jarayoni O‘zbekiston tomonidan amalga oshiriladi.

Kelishuvda muhojirlarning ijtimoiy va nafaqa sug‘urtasi va ular bilan mehnat shartnomalari tuzilishi ham ko‘zda tutilgan.

Kelishuvga ko‘ra, Rossiya mehnat vazirligi xorijiy ishchi kuchiga ehtiyoj sezayotgan ish beruvchilar ro‘yxati, bo‘sh ish o‘rinlari va ish sharoiti haqida ma’lumotlar e’lon qiladi.

Kelishuvning amalga tatbiq etilishi tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi O‘zbekiston — Rossiya hamkorligining mustahkamlanishiga, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlarining rivojlanishiga, ishchi kuchining malakasini oshirishga va O‘zbekiston fuqarolarining Rossiya hududidagi noqonuniy mehnat faoliyatiga jalb etilishining oldini olishga olib keladi.

Опубликовано: admin (30-11-2017, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют