» » Mehnat vazirligi delegatsiyasi Rossiyada ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolarining yashash sharoiti bilan tanishdi

Mehnat vazirligi delegatsiyasi Rossiyada ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolarining yashash sharoiti bilan tanishdi


4—9-oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari E.Muhitdinov va Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rahbari X.Asomov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasida bo‘lib qaytdi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.

4-oktabrda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Agentlik delegatsiyasi bir guruh kompaniyalar va tekstil sanoati sohasida Moskva viloyati hududida faoliyat yurituvchi moskvalik ish beruvchilar tomonidan moliyalashtirilgan bir qator tijoriy mehmon uylari (yotoqxonalar)ni ko‘zdan kechirdi. Ushbu yotoqxonalarda agentlik tomonidan qonuniy ravishda ishga yuborilgan O‘zbekiston fuqarolari ham istiqomat qiladi.

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan rossiyalik bir qator ish beruvchilar bilan Rossiya Federatsiyasiga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy jalb etish to‘g‘risida Bitimlar imzolangan edi. Ushbu tashrifdan ko‘zlangan maqsad Rossiya Federatsiyasiga Agentlik tomonidan yuborilgan O‘zbekiston fuqarolari uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganishdan iborat.

Mehmon uylariga tashrif chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari E.Muhitdinov va agentlik rahbari X.Asomov ishchilarning yashash, ovqatlanish sharoitlari, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining mehnat faoliyatini amalga oshirishlari uchun tegishli hujjatlar (patent)ni olgunga qadar moslashish muddatlarini belgilash masalalari bilan tanishdi. Delegatsiya tomonidan mehnat migrantlari huquqlarini himoyalash va fuqarolarning Rossiyada qonuniy ishga joylashishini takomillashtirish tartibi to‘g‘risida qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgartirishlar haqida suhbat uyushtirildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-10-2017, 15:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют