» » Rossiyaga ishlashga ketayotgan bir guruh fuqarolar Mehnat va bandlik munosabatlari vaziri bilan uchrashdi

Rossiyaga ishlashga ketayotgan bir guruh fuqarolar Mehnat va bandlik munosabatlari vaziri bilan uchrashdi


2017-yil 26-iyulda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi binosida Rossiya Federatsiyasiga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining bir guruhi Mehnat va bandlik munosabatlari vaziri Aziz Abduhakimov bilan uchrashdi, deb xabar berdi vazirlik axborot xizmati.

Vazirning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda mehnat migratsiyasi sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish yuzasidan jadal ishlar amalga oshirilmoqda. Rekruting faoliyati to‘g‘risida, mehnat migratsiyasi to‘g‘risida yangi qonunlar ishlab chiqilmoqda, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar takomillashtirilmoqda hamda litsenziya va ruxsat berish hujjatlari soddalashtirilmoqda.

Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari manfaatlarini himoya qilish uchun O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p mehnat qilayotgan davlatlarda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Agentlikning vakolatxonalarini ochish masalasi ishlab chiqilmoqda, jumladan, Rossiya Federatsiyasi va Koreya Respublikasida. O‘zbekistonning Samarqand va Farg‘ona shaharlarida mehnat migrantlariga hamkorlikda ko‘maklashishga qaratilgan turli markazlar ochilmoqda.

Ayni paytda, hukumatlararo Bitimni hayotga joriy etish mexanizmlarini yaratish bo‘yicha jadal ishlar olib borilmoqda. Rossiyalik ish beruvchilar tomonidan taklif qilinayotgan turli mutaxassisliklar bo‘yicha tashkiliy tanlov boshlandi. Allaqachon haydovchilar, tikuvchilar, qurilish bo‘yicha mutaxassislar, sozlovchilar, tokarlar va boshqalar bo‘yicha tanlov va saralashishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida ikki tomonlama strategik hamkorlik va sherikchilik munosabatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 12-apreldagi PQ-2885-son qarorini bajarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan Rossiya Federatsiyasidagi mehnat migrantlarining muammolarini tezkor hal qilish, ularning mehat faoliyatini qonuniylashtirish hamda huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, odam savdosi bilan bog‘liq holatlarning oldini olish, ularning turli buzg‘unchi kuchlarning salbiy ta’siri ostiga tushib qolmasligini ta’minlash maqsadida Rossiya Federatsiyasining tegishli tashkilotlari va muassasalari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Mazkur tadbirda Rossiyaning mehnat migrantlariga huquqiy ko‘maklashish bo‘yicha Agentligi vitse-prezidenti Y. Slutskaya, Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi Y. Chistova, turli vazirliklar va muassasalar, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (28-07-2017, 14:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют