» » Mehnat vaziri va Janubiy Koreya elchisi mehnat migrantlarini tanlash masalalarini muhokama qildi

Mehnat vaziri va Janubiy Koreya elchisi mehnat migrantlarini tanlash masalalarini muhokama qildi


O‘zbekiston Mehnat vaziri Aziz Abduhakimov va Janubiy Koreya elchisi Kvon Yon U ishtirokida 22-aprelda uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Janubiy Koreyada mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston fuqarolarini tanlash mexanizmini takomillashtirish masalasi muhokama qilindi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.

Tomonlar O‘zbekiston fuqarolari uchun kvotalarni ko‘paytirish, ruxsat berish jarayonini soddalashtirish, shuningdek, tanlov jarayonining obyektivligi, adolatliligi va shaffofligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqdi.

Janubiy Koreyada O‘zbekiston Mehnat vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha agentlikning vakolatxonasini ochish masalalari alohida muhokama qilindi.

Mehnat vaziri koreys tomoniga agentlik rahbariyatining Janubiy Koreyaga ishlash uchun ketishni istagan fuqarolar uchun yaqinda muvaffaqiyatsiz o‘tkazilgan test sinovlaridan so‘ng o‘z lavozimidan ozod etilganini ma’lum qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-04-2017, 16:43)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют