» » 100 mingga yaqin o‘zbekistonlik Janubiy Koreyada ishlash istagini bildirdi. Ularning faqat 3 ming nafariga yo‘llanma beriladi

100 mingga yaqin o‘zbekistonlik Janubiy Koreyada ishlash istagini bildirdi. Ularning faqat 3 ming nafariga yo‘llanma beriladi


O‘zbekiston Mehnat vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiya masalalari agentligi tomonidan 27-martdan boshlab Janubiy Koreyada ishlash istagida bo‘lganlarni onlayn ro‘yxatga olish jarayoni yo‘lga qo‘yilgan.

“Novosti Uzbekistana” nashrining agentlik rahbari Ulug‘bek Nazarovga asoslanib xabar berishicha, ro‘yxatga olish 27—30-mart kunlari bo‘lib o‘tishi lozim edi. Biroq yuzaga kelgan texnik nosozliklar va xakerlik hujumlari sabab ro‘yxatga olish jarayoni 3-aprelda ham davom etgan.

Agentlikdan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 27-mart kuni agentlikning maxsus sayti (test-migration.uz) orqali 19 ming kishi ro‘yxatdan o‘tgan, 29—30-mart kunlari esa 87,7 ming kishi ro‘yxatga olingan. 3-aprel holatiga ko‘ra, Janubiy Koreyaning “Erkin yollash tizimi”da qatnashish uchun 100 mingga yaqin odam onlayn ro‘yxatdan o‘tgan.

Ma’lumot uchun, Janubiy Koreya tomoni O‘zbekistondan yollanishi mumkin bo‘lgan xodimlar soni bo‘yicha kvota belgilagan — ro‘yxatdan o‘tgan 100 mingga o‘zbekistonlikdan faqat 3 ming nafarigina Janubiy Koreyada ishlash huquqini qo‘lga kiritishi mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-04-2017, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 96) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют