» » Tergovchilar Janubiy Koreya prezidenti korrupsiyaviy mojaroga aloqador ekanligini tasdiqladi

Tergovchilar Janubiy Koreya prezidenti korrupsiyaviy mojaroga aloqador ekanligini tasdiqladi


Janubiy Koreyada 70 kun davom etgan tekshiruvlardan so‘ng tergovchilar mamlakat prezidenti Pak Kin Xe va uning qurshovidagilar pora olish hamda mansabini suiste’mol qilishga aloqadorligi haqidagi xulosaga keldi. Bu haqda Yonhap xabar bermoqda.

Tergovchilar prezident dugonasi Chxve Sun Sil Samsung rahbariyatidan davlat tomonidan korporatsiya biznesi qo‘llab-quvvatlanishi evaziga pora olishida sherik bo‘lganiga ishonchi komil.

Shuningdek, tergov Pak Kin Xe Janubiy Koreya madaniyat vazirligi tomonidan prezident ma’muriyatiga tanqidiy yondoshadigan 9473 nafar madaniyat arbobidan iborat “qora ro‘yxat” tuzilganidan ham xabardor bo‘lgan.

Qolaversa, prezident va uning dugonasi 2016-yil aprelidan oktabrigacha fosh bo‘lishdan cho‘chib muzokaralari uchun boshqa shaxslar nomiga qayd etilgan mobil telefonlardan foydalanganini aniqlandi. Bu esa Janubiy Koreya qonunlarida man etilgan holat hisoblanadi.

Опубликовано: admin (6-03-2017, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют