» » Shavkat Mirziyoyev Yevropa investitsiya banki bilan kelishuvni tasdiqladi

Shavkat Mirziyoyev Yevropa investitsiya banki bilan kelishuvni tasdiqladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevropa investitsiya banki (YeIB) bilan hamkorlik to‘g‘risidagi hadli bitimni tasdiqladi. Bu haqda “Xalq so‘zi” gazetasi xabar bermoqda.

Prezidentning tegishli qarori 2018-yil 4-yanvarda imzolangan.

O‘zbekiston hukumati va YeIB o‘rtasida 2017-yilning oktabr oyida Vashingtonda mamlakatdagi moliya muassasasining O‘zbekistonda faoliyat boshlashini nazarda tutuvchi hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolangan edi.

Prezident qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi YEIB bilan o‘zaro hamkorlik qilish va mazkur kelishuvni amalga oshirish uchun mas’ul organ sifatida tayinlangan.

Shu tariqa, O‘zbekiston YeIB faoliyat yuritadigan Markaziy Osiyodagi to‘rtinchi mamlakat bo‘ldi. Bugungi kunda bank Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda Tojikistonga infratuzilma loyihalari, shuningdek, kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish uchun qariyb 710 million yevro mablag‘ ajratgan.

Опубликовано: admin (5-01-2018, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют