» » “Kun.uz” va “Xabar.uz” saytlari ishlamay qoldi. “O‘zbektelekom” bunga aloqadorligini rad etdi

“Kun.uz” va “Xabar.uz” saytlari ishlamay qoldi. “O‘zbektelekom” bunga aloqadorligini rad etdi


22-iyul ertalabki soatlardan foydalanuvchilar “Kun.uz” va “Xabar.uz” saytlariga kirish imkoniyati bo‘lmayotganini xabar qildi. Ularga kirish bilan bog‘liq muammolar 18-iyuldan boshlangan edi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Ham o‘zbekistonlik, ham chet ellik foydalanuvchilar saytlarga kira olmayapti. Ikki sayt ham bitta xosting-maydonchada joylashgan.

Saytlar tahririyatlari Telegram-kanallarda yangiliklar chop etishda davom etmoqda. “Kun.uz” vakillarining xabar qilishicha, saytga DNS’dagi muammolar tufayli kirib bo‘lmayapti.

“Xabar.uz”, o‘z navbatida, muammo “O‘zbektelekom” DNS-serverlari yoki kommutatorlari bilan bog‘liqligini ma’lum qildi.

Ammo “O‘zbektelekom” milliy telekom-operatori bu ikki saytdagi muammolarga aloqadorligini rad etdi.

“Bu axborot tekshirilmagan bo‘lib, yolg‘on xarakteriga ega, negaki ko‘rsatilgan saytlarga ‘O‘zbektelekom’ DNS-serverlarida xizmat ko‘rsatilmaydi”, — deyiladi operator bayonotida.

“Xabar.uz” ayni paytda “Xabaruz.com” domenida ishlab turibdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2018, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют