» » Messi uchun imkoniyat. Ahmad Musaning dubli Nigeriyaga Islandiya ustidan g‘alaba keltirdi (video)

Messi uchun imkoniyat. Ahmad Musaning dubli Nigeriyaga Islandiya ustidan g‘alaba keltirdi (video)


Bugun, 22 iyun sanasida futbol bo‘yicha Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan Jahon Chempionatining 2-tur o‘yinlari davom ettirilmoqda. Odatdagidek, kun taqvimidan 3 ta o‘yin o‘rin olgandi.

Kunning ikkinchi uchrashuvi “D” guruhining ikki jamoasi — Nigeriya hamda Islandiya termalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Unda Afrika qit’asi vakillari g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning birinchi yarmi golsiz durang bilan yakunlandi. Ikkinchi bo‘limning 49-daqiqasida Ahmad Musa hisobni ochdi. 75-daqiqada esa uning o‘zi farqni ikkitaga yetkazdi. 80-daqiqaga kelib, hakamlar VAR tizimi yordamida Nigeriya darvozasiga penalti belgiladi. Ammo Gilfi Sigurdsson bu imkoniyatdan unumli foydalana olmadi. Shu tarzda hisob o‘yin so‘ngiga qadar o‘zgarmasdan qoldi.

2-turdan so‘ng Xorvatiya muddatdan oldin pley-offga chiqqan bo‘lsa, Nigeriya, Islandiya va Argentina terma jamoalari bu masalani 3-turga qoldirdi.

Jahon Chempionati

“D” guruhi, 2-tur bellashuvi

22-iyun, juma

Gollar: 1:0 — 49 Ahmad Musa, 2:0 Ahmad Musa,

Amalga oshirilmagan penalti: 81 Gilfi Sigurdsson

Nigeriya: Frensis Uzoxo, Uilyam Ekong, Brayan Idovu (Tyronne Ebuehi 46), Leon Balogun, Oniniye Ndidi, Ogenekaro Etebo, Jon Obi Mikel, Viktor Mozes, Ahmed Musa, Kelechi Ixeanacho (Odion Igxalo 85), Kennet Omeruo.

Islandiya: Hannes Halldoursson, Ragnar Sigurdsson (Sverrir Ingason 65), Hyordur Magnusson, Birkir Sevarsson, Kari Arnason, Aron Gunnarsson (Ari Skulason 87), Gilfi Sigurdsson, Rurik Gislason, Birkir Byarnason, Alfred Finnbogason, Yon Bodvarsson (Borm Bergmann Sigurdsson 71).

Ogohlantirishlar: Brayan Idovu (44),



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2018, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют