» » Rossiyaning XKSdagi tajribalari soni kamayishi mumkin

Rossiyaning XKSdagi tajribalari soni kamayishi mumkin


Rossiya Xalqaro kosmik stansiyada o‘tkazilayotgan tajribalari sonini kamaytirishi mumkin. Bu “Progress” yuk kemasiga ehtiyojni pasaytirish bilan bog‘liq, deb hisoblaydi Rossiya Kosmik siyosat institutining ilmiy rahbari Ivan Moiseyev. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qildi.

Avvalroq “Roskosmos”ning yangi bosh direktori Dmitriy Rogozin Rossiya XKSda eskirgan tajribalarni o‘tkazishdan voz kechishini ma’lum qilgan. Qolgan tajribalarning asosiy qismi esa stansiyaning Rossiya segmenti avtonomligini kengaytirishga yo‘naltiriladi.

Moiseyevning so‘zlariga ko‘ra, bu faqat tejamkorlik bilan bog‘langan, boshqa yangi tajribalar yo‘q. XKSda tajribalarning tashkil qilinishi ikkita muammo bilan bog‘langan edi. Birinchidan, stansiya ishining dastlabki yillarida tajribalar yetishmagan.

Ikkinchi muammo mablag‘larning yetishmasligi. Ekspertning fikriga ko‘ra, Rossiya ekipajining qisqarishi “Progress” yuk kemasi parvozlarini ham kamaytirishi mumkin. Aynan stansiyaga kamroq yuk olib chiqish uchun tajribalar sonini kamaytirish rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-06-2018, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют