» » Mirobod tumanidagi yong‘in ikki xonadonni qamrab oldi. 4 kishi kasalxonaga yotqizildi

Mirobod tumanidagi yong‘in ikki xonadonni qamrab oldi. 4 kishi kasalxonaga yotqizildi


22-iyun kuni soat 19:51 da Toshkent shahar IIBB YoXBga Mirobod tumani, Aliyev ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning ikki xonadonida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda IIBB axborot-multimedia markazi ma’lum qildi.

Yong‘in 3-qavatdagi xonadonda kelib chiqqan va dastlabki taxminga ko‘ra, bunga gaz plitasida yog‘ qizdirilayotgan qozonning qarovsiz qoldirilgani sabab bo‘lgan. Olovni o‘zi o‘chirishga uringan xonadonning 4 nafar a’zosi kuyish jarohatini olgan va kasalxonaga yotqizilgan.

Alanga yuqori qavatning balkoniga o‘tgan. Ushbu xonadondan 3 kishi o‘t o‘chiruvchilar tomonidan qutqarildi.

Soat 20:13 da tezkor harakatlar natijasida yong‘in to‘liq bartaraf etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-06-2018, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют