» » Yunusobod tumanidagi yong‘in bartaraf etildi. Jabrlanuvchi olov ichidan qutqarib olindi

Yunusobod tumanidagi yong‘in bartaraf etildi. Jabrlanuvchi olov ichidan qutqarib olindi


Toshkent shahar IIBB Yunusobod tumanidagi yong‘in bartaraf etilgani va olov ichida qolib ketgan shaxs qutqarilganini ma’lum qildi.

“23-oktabr kuni soat 13:06 da Toshkent shahar IIBB KVBMga Yunusobod tumani 2-dahasi 23-uy 48-xonadonda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar tushdi”, — deyiladi xabarnomada.

Yong‘in sodir bo‘lgan manzilga ikkita asosiy yong‘in o‘chirish bo‘linmalari va bitta maxsus avtonarvon yuborildi.

Birinchi jangovar bo‘linmalar yong‘in sodir bo‘lgan manzilga soat 13:10 da yetib borgan vaqtda chaqirilgan manzildagi 48 xonadondan qora tutun chiqayotganligi va uy egasi xonadonda qolib ketganligi ma’lum bo‘ldi.

Navbatchi smena shaxsiy tarkibi tomonidan 1950-yilda tug‘ilgan fuqaro Safarov Georgiy Vartanovich qutqarilib, unga yong‘in joyiga yetib kelgan tez tibbiy yordam xizmati xodimlari tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Yong‘in natijasida xonadon yotoqxonasida o‘rin-ko‘rpalar 2 kavdrat metr maydonda yongan.

Mazkur yong‘in mast holda sigareta chekish oqibatida yuzaga kelganligi taxmin qilinmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-10-2017, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют