» » Termizda 7,5 milliard so‘mga yangi shifoxona qurildi

Termizda 7,5 milliard so‘mga yangi shifoxona qurildi


Surxondaryo viloyatida respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Termiz filialining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yil 11—12-fevral kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida vohada tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirish uchun mavjud tibbiyot muassasalarini jahon andozalariga mos jihozlash, rekonstruksiya qilish va yangilarini barpo etish yuzasidan tegishli vazifalarni belgilab bergan edi. Shunga muvofiq viloyatda ko‘z kaslliklari bilan bog‘liq masalalar o‘rganilib, Termizda shahrida respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining filialini tashkil etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Viloyat perinatal markazi tubdan rekonstruksiya qilinib, uning infrastrukturasi zamonaviy andozalar asosida qayta ta’mirlandi. Ikki qavatli 75 o‘rinli davolash va 150 qatnovga mo‘ljallangan poliklinika bunyod etildi. Yangi shifoxonada bemorlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va murakkab jarrohlik amaliyotlarini o‘tash uchun yetarli sharoit yaratildi. Zamonaviy binoni barpo etish uchun 7 milliard 500 million so‘m, jihozlash uchun 3 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi.

– Bu yerda barcha turdagi oftolmologik murakkab jarrohlik amaliyotlarini bajarish uchun zarur qulaylik mavjud, – deydi respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Termiz filiali bosh shifokori D. Abdinazarov. – Buning uchun shifokorlarimizning xorijda malaka oshirib, katarakta jarrohligining zamonaviy yo‘nalishlarini chuqur o‘zlashtirishiga alohida e’tibor qaratmoqdamiz.

Joriy yilda yangi shifoxona qariyb 500 ming dollar qiymatidagi zamonaviy xorij uskunalari bilan jihozlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-06-2018, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют