» » Shavkat Mirziyoyev Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni Turkiya prezidenti lavozimiga saylangani bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni Turkiya prezidenti lavozimiga saylangani bilan tabrikladi


24-iyun kuni Shavkat Mirziyoyevning Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat boshida davlat rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni Turkiya prezidenti lavozimiga saylangani munosabati bilan samimiy tabriklab, unga katta muvaffaqiyatlar tiladi.

O‘zbekiston—Turkiya ko‘p asrlik do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlari bugungi kunda yuqori sur’atlar bilan rivojlanayotgani va mustahkamlanib borayotgani chuqur mamnuniyat bilan alohida qayd etildi.

Davlatlar rahbarlari, shuningdek, mamlakatlar o‘rtasidagi keng qamrovli va ko‘p qirrali hamkorlik, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdi.

Muloqot so‘ngida Prezidentlar barcha sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirishga tayyor ekanliklarini yana bir bor bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2018, 07:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют