» » Rossiyada qirg‘izistonlik ayol tiriklayin yoqib yuborildi

Rossiyada qirg‘izistonlik ayol tiriklayin yoqib yuborildi


Rossiyaning Leningrad viloyatida yong‘in oqibatida qirg‘izistonlik ayol halok bo‘ldi, deb yozadi Tengrinews.

Yong‘in 24-iyunga o‘tar kechasi Shlisselburg shahridagi savdo pavilyonlaridan birida yuz bergan. Voqea joyidan 19 yoshli yigit kasalxonaga olib ketilgan. U shifokorlarga ma’lum qilishicha, pavilyonga odamlar bostirib kirib, ularga benzin sepib, o‘t qo‘ygan, so‘ng eshiklarni berkitib, qochib ketgan.

Qirg‘izistonlik Gulnora ismli ayol pavilyonda sinov muddati bilan ishlagan. U yarim kechasi o‘ziga qo‘ng‘iroq qilgan ish beruvchisi Kristina Pribitkovaga pavilyonda ekanligini, eri ichib kelib, uni do‘pposlagani va hamma yoqni vayron qilganini aytgan.

Ayol uyiga ketgan, ammo keyinroq pavilyonni tartibga solish uchun erining ukasi bilan qaytib kelgan. Shunda ularga oson alanga oladigan suyuqlik sepib, yoqib yuborishgan.

Ayolning eri qo‘lga olindi, ammo u yong‘inga aloqadorligini rad etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2018, 09:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют