» » O‘zbekiston Moliya vazirligi logitipini yaratishga tanlov e’lon qilindi

O‘zbekiston Moliya vazirligi logitipini yaratishga tanlov e’lon qilindi


O‘zbekiston Moliya vazirligining zamonaviy va original logotipini yaratish uchun professional grafik dizaynerlar, rassomlar hamda rassomlik mahoratiga ega bo‘lgan kreativ shaxslar uchun tanlov e’lon qilindi.

Logotipning mafkuraviy va g‘oyaviy tarkibi vazirlik faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlariga, shuningdek, qonuniy, madaniy va estetik standartlarga mos bo‘lishi lozim.

Ishtirokchi boshqa birovlarning mualliflik va turdosh huquqlarini tanlov ishlarida buzgan taqdirda, barcha huquqbuzarlikka shaxsan javobgar hisoblanadi.

Tanlov ishi o‘zida grafik qism va tushuntirish xatini jamlashi lozim.

Grafik qism tasvirdan iborat, osonlik bilan o‘qiladigan, “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi” yozuvli original logotipni tashkil etishi va tasvir, eskiz, chizma, grafik maket hamda 3D-render shakllarida taqdim etilishi mumkin.

Tushuntirish xati ixtiyoriy shaklda bo‘lib, u taqdim etilgan vazirlik logotipi konsepsiyasini dizayndagi ma’naviy-mafkuraviy elementlarini talqin etish orqali aks ettirishi kerak.

Tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi:

I bosqich: 2018-yil 25-iyundan 5-iyulgacha — tanlov ishlari ko‘rib chiqiladi;

II bosqich: 2018-yil 6-iyuldan 11-iyulgacha — ishlarni baholash.

Tanlov g‘olibi eng kam ish haqining 25 barobari miqdorida mukofotlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2018, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют