» » Mudofaa vazirligi tadbirkorlar uchun “Davlat xaridlarining shaffofligi” mavzusida seminar o‘tkazadi

Mudofaa vazirligi tadbirkorlar uchun “Davlat xaridlarining shaffofligi” mavzusida seminar o‘tkazadi


O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi 18-mart, shanba kuni soat 10:00 dan 13:00 gacha “Mudofaa vazirligi davlat xaridlarining shaffofligi” mavzusida seminar o‘tkazadi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik mutasaddilari ma’lum qildi. 

Tadbirda tadbirkorlar, mahsulot va xizmatlarni taklif etuvchilar uchun Mudofaa vazirligi tomonidan tanlov va tender savdolari o‘tkazish tartibi, xarid qilinadigan mahsulot va xizmatlar ro‘yxati hamda soni haqida batafsil ma’lumot berilishi rejalashtirilgan. 

Shuningdek, seminarda Mudofaa vazirligi tadbirkorlardan xarid qilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi ham tashkil etiladi. Tadbir tashkilotchilar va qatnashchilar o‘rtasida fikr almashuvlar o‘tkaziladi, ishbilarmonlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob beriladi. 

Tanlov imkoniyati tug‘ilgan taqdirda seminar chog‘ida tanlov komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazilishi va oldi-sotdi shartnomalari imzolanishi mumkin. 

Seminar manzili: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Aviasozlar massivi, Ma’naviyat va ma’rifat uyi (sobiq Aviasozlar saroyi).  “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-03-2017, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют