» » O‘zbekistondagi yangi universitetda bo‘lajak jurnalistlar ijodiy imtihonlar orqali saralanadi

O‘zbekistondagi yangi universitetda bo‘lajak jurnalistlar ijodiy imtihonlar orqali saralanadi


O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Vasiylik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Unda Vasiylik kengashi a’zolari, respublika ommaviy axborot vositalari rahbarlari, ustoz jurnalistlar, professor-o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilar qatnashdi.

Dastlab yangi universitet uchun ajratilgan binoning holati, tashkiliy muammolar bilan yaqindan tanishildi. Uchrashuvda universitet rektori Sherzod Qudratxo‘jayev qabul jarayoni, o‘quv yili rejalari, universitet oldida turgan vazifalar haqida batafsil ma’lumot berdi, universitet Vasiylik kengashi tarkibi tuzildi.

Yig‘ilishda asosiy e’tibor Vasiylik kengashi oldida turgan vazifalar, o‘quv-rejalar, binoni ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari, universitet logotipi muhokamasi va moddiy-texnika bazani yaxshilash masalalariga qaratildi.

— Xalqimizda maslahatli osh tarqamas, degan gap bor. Bugungi Vasiylik kengashi a’zolarining bir joyga to‘planishi biz uchun ko‘p masalalarda maslahat olishga imkon berdi, — dedi universitet rektori Sh.Qudratxo‘jayev. — Universitet tashkil etilganiga bor-yo‘g‘i bir oy bo‘ldi. Oldimizda o‘quv jarayonini tashkil etish, yangi darsliklar tarjimasi, amaliyot rejalarini ishlab chiqish kabi yechimini kutayotgan bir qator masalalar turibdi. Shuning uchun biz bugun amaliyotchilarni ijtimoiy tarmoqlar orqali ochiq taklif qildik. Ular bizga ko‘plab takliflar berdi. Amaliyot bilan uyg‘unlikda bilim oladigan talabalarimiz o‘zlariga bildirilgan ishonchni oqlaydi, degan umiddamiz.

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, yangi universitetga qiziqish anchayin yuqori bo‘lib, bu yil ijodiy imtihonning dastlabki bosqichi og‘zaki tarzda bo‘ladi. Ularga asosiy baho soha mutaxassislari tomonidan beriladi. Navbatdagi bosqichda abituriyentlarning tanlangan mavzu bo‘yicha yozma ijodiy salohiyati sinovdan o‘tkaziladi. Joriy yil universitetning bakalavr bosqichiga 100, magistratura bosqichiga 30, sirtqi bo‘limga 30 nafar talaba qabul qilinishi mo‘ljallanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2018, 07:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют