» » O‘zbekiston jurnalistika universiteti va MDU jurnalistika fakulteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanadi

O‘zbekiston jurnalistika universiteti va MDU jurnalistika fakulteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanadi


O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universiteti vakillari ilg‘or xorijiy tajriba bilan tanishish maqsadida Osiyo va Yevropa mamlakatlari faoliyatini o‘rgana boshladi. Bu haqda universitet rektori Sherzodxon Qudratxo‘jayev Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Xususan, Sankt-Peterburg universiteti qoshidagi Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar instituti hamda Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti jurnalistika fakulteti faoliyatini o‘rganildi.

“Bu ikki oliy o‘quv dargohi Rossiya Federatsiyasida jurnalist kadrlarni tayyorlash bo‘yicha eng yirik tashkilotlar hisoblanadi. Sankt-Peterburg universitetida O‘zbekiston vakillarini universitetning xalqaro faoliyat bo‘yicha prorektor S.Andryushin va mazkur institut direktori, professor A.Puyu qabul qilib, institut faoliyati haqida gapirib berdi. Bu yerda talabalarninng amaliyoti yaxshi tashkil qilingan ekan va amaliyot bo‘yicha hisobotlarni hamda bitiruv malakaviy ishlar himoyasini asosan amaliyotda ishlaydigan jurnalistlar qabul qilar, fakultet professor-o‘qituvchilari bu jarayonga aralashmaskan. Jami talabalar soni bir yarim ming nafardan ko‘p kishini tashkil etadi.

Moskva davlat universiteti jurnalistika fakulteti uch yarim ming nafar talabaga ega bo‘lib, ular kunduzgi, kechki va boshqa dasturlar bo‘yicha tahsil oladi. Fakultet Yevropada eng yirik oliy o‘quv yurtlaridan biri hisoblanadi. Fakultet dekani professor Ye.Vartanova mehmonlarni fakultet multimediaviy vositalar markazi hamda kutubxonasi bilan tanishtirdi. Bu yerda tele- va radiomarkazlar mavjud bo‘lib, talabalar video va audio materiallarni tayyorlashning barcha bosqichlarini o‘zlari bajaradi. Ularning ijodi mahsuli Youtube kanali va fakultet veb-saytiga joylashtiriladi. MDU jurnalistika fakulteti o‘qituvchilari katta miqdorda o‘quv va ilmiy adabiyotlarni tayyorlashga qodir va o‘quv jarayonini ushbu o‘quv qo‘llanmalar bilan to‘liq o‘zlari ta’minlashadi”, — deya hikoya qiladi Sh. Qudratxo‘jayev.

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universiteti rektori Shyerzod Qudratxo‘jayev va MDU jurnalistika fakulteti dekani Yelena Vartanova o‘zaro hamkorlik haqida myemorandumni imzoladi. Yaqin kunlarda boshqa davlatlar, jumladan Janubiy Koreya, Turkiya va Germaniya tajribasini o‘rganish hamda ular bilan ham memorandumlar tuzish ko‘zda tutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют