» » Pepsi Superliganing qoldiriligan 14-tur uchrashuvlari o‘tkaziladigan sanalar ma’lum bo‘ldi

Pepsi Superliganing qoldiriligan 14-tur uchrashuvlari o‘tkaziladigan sanalar ma’lum bo‘ldi


Professional futbol ligasi Sport-TV telekanali bilan kelishgan holda Pepsi Superliganing 16-turi vaqtlari hamda 14-tur bellashuvlarining sanasi hamda vaqtlariga oydinlik kiritib oldi, deb xabar beradi PFL matbuot xizmati.

Ma’lumot uchun 14-tur O‘zbekiston termasining Urugvayga qarshi o‘rtoqlik o‘yini sabab qoldirilgandi.

Unga ko‘ra 16-tur bellashuvlari avvaldan belgilab qo‘yilganidek, 8—9-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Bunda ob-havoning issiqligidan kelib chiqib, o‘yinlarning 19:00 dan erta boshlanmasligiga e’tibor qaratilgan.

8-iyul, yakshanba

19:00 “Paxtakor” — “Buxoro” (LIVE)

20:00 AGMK — “Neftchi” (yozib olib)

21:00 “Nasaf” — “Navbahor” (LIVE)

9-iyul, dushanba

19:00 “Qo‘qon-1912” — “Lokomotiv” (LIVE)

20:00 “So‘g‘diyona” — “Metallurg” (yozib olib)

21:00 “Bunyodkor” — “Qizilqum” (LIVE)

O‘zbekiston Kubogi formatiga kichik o‘zgartirish kiritilgani haqida ma’lum qilingandi. Rejaga ko‘ra, chorak final o‘yinlari 12—13 iyul kunlari o‘tkazilishi kerak edi. Endi esa kubok bahslari kuzga qoldirilgan:

1/4 final — 17—18-sentabr

1/2 final — 27-sentabr

Final — 28-oktabr

1/4 finalga qur’a tashlash marosimi 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadi va u “Sport” telekanalida jonli ko‘rsatiladi. Rejaga ko‘ra qur’a marosimiga “Milliy stadion” mezbonlik qiladi. Marosim “Bunyodkor” — “Qizilqum” o‘yini tanaffusida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Urugvayga qarshi o‘rtoqlik o‘yini sabab qolib ketgan 14-tur esa endilikda 12—13-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi (kubokning chorak final uchun rejalashtirilgan sanasida).

12-iyul, payshanba

19:00 “So‘g‘diyona” — “Buxoro” (LIVE)

20:00 “Bunyodkor” — “Neftchi” (yozib olib)

21:00 AGMK — “Paxtakor” (LIVE)

13-iyul, juma

19:00 “Lokomotiv” — “Navbahor” (LIVE)

20:00 “Qo‘qon—1912” — “Metallurg” (yozib olib)

21:00 “Nasaf — Qizilqum” (LIVE)

22-turgacha bo‘lgan o‘yinlar taqvimi esa tez orada ma’lum qilinadi. Bunda Professional futbol ligasi O‘FA hamda MOQ rahbariyatining Osiyo O‘yinlari bo‘yicha talabidan kelib chiqib, o‘yinlar sanalariga o‘zgartirish kiritadi, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2018, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют