» » Diamond salqin ichimliklari — yuqori sifat, betakror ta’m!

Diamond salqin ichimliklari — yuqori sifat, betakror ta’m!


Serquyosh mamlakatimizda jazirama yoz fasli hukmronlik qilmoqda. Issiq kunlarda salqin ichimliklarga bo‘lgan talab ortadi. Aynan yaxna ichimliklar jaziramada jonimizga oro kiradi. O‘zbekistonda sifati jihatidan jahonga taniqli brend ichimliklaridan qolishmaydigan salqin ichimliklar ishlab chiqarilayotganini ma’lum qilmoqchimiz!

Yuqori sifatli Diamond brendi ostidagi yaxna ichimliklar so‘lim Surxon vohasida 2015-yildan beri faoliyat yuritayotgan Brihgtly Mega Water mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ishlab chiqarilmoqda. Gazlangan salqin ichimliklar qisqa muddat ichida O‘zbekiston bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi, iste’molchilar o‘rtasida ushbu ichimliklarga bo‘lgan talab kundan-kunga ortib bormoqda.

Diamond brendi ostidagi ichimliklar boshqa shu turdagi ichimliklardan tubdan farq qiladi. Bunga sabab esa Brihgtly Mega Water ishlab chiqarish jarayonida yuqori sifatli, zamonaviy texnologiyalardan foydalanadi. Uskuna va jihozlar xorijning nufuzli korxonalari bilan hamkorlikda yillar davomida sinov laboratoriyalarida tekshiruvdan o‘tgan holda tayyorlangan.

Salqin ichimliklarning dizayni ham o‘ziga xos. Diamond ichimliklari idishi uchun dizayn yaratilayotganda, uning iste’molchi me’dasiga tegmasligiga alohida e’tibor berilgan, unda yorqin ranglar ishlatilgani bois ichimlik idishini qo‘lga olib, uni ichgan kishining kayfiyati ko‘tariladi!  Diamond salqin ichimliklari jaziramada sizga salqinlik va yuqori kayfiyat bag‘ishlaydi!

Diamond ichimliklarining tobora yurtdoshlarimiz orasida ommalashayotgani va ularning sevimli ichimliklari qatoridan o‘rin egallayotganining yana bir sababi ularga qo‘shiladigan tarkibiy qismlarning jahonda o‘z mavqeiga ega, Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi hamkorimiz tomonidan tayyorlanishi hamdir. Aynan ushbu tarkibiy qismlar Diamond ichimliklariga o‘zgacha hamda betakror ma’za beradi.

Brihgtly Mega Water mas’uliyati cheklangan jamiyati hozirgi kunda Diamond Cola, Diamond Apelsin, Diamond Arbus ichimliklarining nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyo va jahon bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lishi uchun izlanishlar olib bormoqda.

Brihgtly Mega Water mas’uliyati cheklangan jamiyati tadbirkorlarni hamkorlikka taklif etadi! O‘zaro manfaatli takliflar sizni kutmoqda!

Batafsil ma’lumot uchun: 0376 227 28 41

Bizning manzil: Surxondaryo viloyati Termiz shahri Fayoztepa ko‘chasi 7-uy.

E-mail: diamond.life_2018@mail.ru

Sayt: diamondcola.uz



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют