» » O‘zbekistonlik oqsoqollar MDHda eng uzoq umr ko‘ruvchi pensionerlar ekanligi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonlik oqsoqollar MDHda eng uzoq umr ko‘ruvchi pensionerlar ekanligi ma’lum bo‘ldi


O‘zbekistonlik oqsoqollar MDHda eng uzoq umr ko‘ruvchi pensionerlar ekan. Bu haqda “Nuz.uz” xabar bermoqda.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘rtacha umr uzoqligi ayollar uchun 75 yosh, erkaklar uchun 69,7 yoshni tashkil qiladi.

Mutaxassislar ushbu yoshdan nafaqaga chiqish yoshini olib tashladi. O‘zbekistonda bu erkaklar uchun 60 yosh, ayollar uchun 55 yosh. Natijada o‘zbekistonlik onaxonlar pensiya hisobiga o‘rtacha 20 yil, otaxonlar 9,7 yil yashashi ma’lum bo‘ldi.

Pensionerlarning umumiy yoshi esa 29,7 yoshni tashkil qilib, MDHda eng yuqori natijani ko‘rsatdi.

Rossiyada ushbu ko‘rsatkich 29,6 yoshga teng bo‘ldi: ayollar uchun 23,2 yosh, erkaklar uchun esa 6,4 yoshni tashkil qildi.

Uchinchi o‘rinni egallagan Belorusda pensionerlarning umumiy yoshi 27 yoshni tashkil qildi. Ayollar uchun 21 yosh va erkaklar uchun — 6 yosh.

Qozog‘iston reytingning eng pastki qatoridan o‘rin oldi. Bu yerda pensionerlarning umumiy yoshi 16 yoshni tashkil qildi. Erkaklar umr uzoqligi o‘rtacha 67 yosh, ayollar esa 75 yosh ekanligi ma’lum bo‘ldi. Nafaqaga chiqish yoshi esa barcha uchun bir xil — 63 yosh.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2018, 19:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют