» » Putin va Trampning uchrashuv vaqti va joyi haqida kelishuvga erishildi

Putin va Trampning uchrashuv vaqti va joyi haqida kelishuvga erishildi


Moskva va Vashington Vladimir Putin va Donald Trampning uchrashishi haqida kelishuvga erishdi. Bu haqda Rossiya yetakchisining yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

“Mazkur masala tomonlarimiz o‘rtasida anchadan buyon muhokama qilinmoqda, u yopiq kanallar orqali muhokama etilmoqda. Sammit o‘tkazish, hatto uni o‘tkazish vaqti va joyi haqida kelishuvga erishilganligini aytishim mumkin. Bu haqda amerikalik hamkasblarimiz bilan birgalikda ertaga e’lon qilamiz”, — dedi u jurnalistlarga.

Ushakov, uchrashuv uchinchi mamlakatda o‘tishiga aniqlik kiritdi.

24-iyun, yakshanba kuni Avstriyaning Kronen Zeitung gazetasi sammit o‘tkaziladigan ehtimoliy joy Vena bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan edi. Keyinroq Politico nashri uchrashuv Xelsinkida o‘tkazilishi ehtimoli haqida xabar berdi.

Moskva va Vashington bu ma’lumotni hozircha izohlamadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2018, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют