» » Kseronusxa: Nemischa pechenye reklamasidan “ilhom olgan” Shahzoda va Shohruxxon

Kseronusxa: Nemischa pechenye reklamasidan “ilhom olgan” Shahzoda va Shohruxxon


“Daryo” internet-nashri “Kseronusxa” loyihasi doirasida 23-dekabr kuni Maroon 5 ning “Sugar” qo‘shig‘iga ishlangan klip bilan Ilhom Farmonovning “Yashang” kompozitsiyasi videosini taqqoslagan edi.

Taqqos yakunida amerikalik xonandaning butun boshli ajoyib tarixga ega klipi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistning jamoasi tomonidan qariyb nuqta-verguligacha ko‘chirilgani, afsuski, o‘z isbotini topgan edi.

Mavzuga doir: Kseronusxa: Maroon 5’dan “ilhom olgan” Ilhom Farmonov

Tan olish kerak — chet ellik ustalarning qiziqarli videolarini “nuqta-verguli”gacha mahalliylashtirish borasida Ilhom Farmonov yagona ham, birinchi ham emas (baxtga qarshi, oxirgisi ham bo‘lib qolmaydi).

E’tiboringizga Germaniyada mashhur hisoblangan “Leybnits” pechenyesining 125 yilligiga bag‘ishlab suratga olingan reklama roligini havola qilamiz. Rolik 2016-yil 10-aprelida YouTube’ga qo‘yilgan bo‘lib, hozirga qadar 4,2 milliondan ortiq marta ko‘rilgan:

Endi o‘zbekistonlik xonandalar — Shahzoda va Shohruxxon tomonidan kuylangan “Allo” qo‘shig‘iga ishlangan klipni tomosha qiling. Bu klip “Leybnits”ning reklamasi chiqqanidan qariyb olti yarim oy o‘tib — 2016-yil 24-oktabrida YouTube’da e’lon qilingan, lekin unga juda ham o‘xshash:

Uch daqiqadan ko‘proq davom etadigan “Allo”dagi bosh qahramon xuddi “Leybnits”ning 96 soniyali reklamasidagi bolakay singari qo‘lida qo‘g‘irchoq ko‘tarib olgan:

Germaniya roligida ham, O‘zbekiston klipida ham bola uni bekatda kalaka qilgan boshqa tengdoshlari bilan urushadi va yuzi tirnaladi. Bir xil nuqtada qariyb bir xil chandiq:

Bolakay oyog‘idan jarohatlangan dugonasining oldiga yo‘l olgan bo‘ladi. Original video va uning o‘zbekcha muqobilida qizaloqlar boshqa-boshqa tomonga qarab yotibdi, lekin, qizig‘i, ikkisining ham o‘ng oyog‘i gipslangan:

Bolakay dugonasiga balerina haykalchasini sovg‘a qiladi. Har ikkala klipda:

Oyog‘i gipslangan qizcha sovg‘ani xursandchilik bilan qabul qiladi (nemis qizalog‘i, tabiiyki, bu vaqtda pechenye yeyayotgan bo‘ladi, lekin o‘zbek klipidagi “pechenye” sal keyinroq ko‘rinish beradi):

Germaniya va O‘zbekistonning o‘xshash kliplarida hatto balerinalar bir xilda raqsga tushadi:

Mana, o‘zbek klipidagi “pechenye” — xonanda Shahzoda “bolalik” vaqtida olgan sovg‘asini qo‘lga olib, ajib xotiralarga berilmoqda (nemischa klipda ham shunday manzara aks etgan, faqat u yerda Shahzoda yo‘q):

Albatta, bu xamir uchidan patir — bunda nafaqat “Allo”dagi o‘xshash kadrlar, balki xorijiy videokliplarning o‘zbekistonlik ijodkorlar tomonidan ko‘chirilishi ham nazarda tutilmoqda.

“Kseronusxa”ning keyingi chiqishlarida nafaqat xonandalar, balki O‘zbekistondagi korxonalar ham o‘z targ‘ibot videolarini tayyorlashda xorijiy ustalardan “nuqta-verguligacha ilhom olishi” ko‘rsatiladi.

Agar “kseronusxa” qilingan kliplar, filmlar, qo‘shiqlar va boshqa ijodiy mahsulotlar haqida ma’lumotga ega bo‘lsangiz, Telegram’dagi “Toshqin ‘Daryo’” kanali adminlariga: “Men ‘kseronusxachilar’ni bilaman!”, — deb murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (12-02-2017, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 1) ( 49) ( 1)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...