» » AQSh vitse-prezidenti Putin va Tramp o‘rtasidagi muzokaralar mavzularini ma’lum qildi

AQSh vitse-prezidenti Putin va Tramp o‘rtasidagi muzokaralar mavzularini ma’lum qildi


AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens Amerika yetakchisi Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda o‘z ichiga iqtisodiy masalalarni, Rossiyaning Suriya va Donbassdagi harakatlarini, shuningdek, Rossiya tomonining AQShda 2016-yilgi saylovlarga ehtimoliy aralashuvini oluvchi keng spektrdagi muammolarni muhokama qilishini aytdi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

“Prezident yechim talab qiluvchi keng doiradagi muammolarni muhokama qilishni rejalashtirmoqda”, — dedi Pens.

Uning ta’kidlashicha, ular orasida Rossiya va AQSh, shuningdek, Yevropa mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik masalasi bo‘ladi. Vitse-prezidentning qo‘shimcha qilishicha, Tramp Putin bilan Rossiyaning Amerikadagi saylovlarga ehtimoliy aralashuvini ham muhokama qiladi. Pens AQSh rahbari Rossiyaning Suriya va Ukrainaga “harbiy hujumi” haqida ham gaplashib olish niyatida ekanligini aytdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют