» » Britaniya hukumati Tramp va Putinning uchrashuvi yuzasidan xavotiri sababini tushuntirdi

Britaniya hukumati Tramp va Putinning uchrashuvi yuzasidan xavotiri sababini tushuntirdi


Buyuk Britaniya hukumati AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan bo‘lg‘usi uchrashuvi yuzasidan xavotir bildirmoqda, chunki AQSh rahbari nima haqda gapirishini hech kim oldindan bila olmaydi. Bu haqda Bloomberg Buyuk Britaniya vazirlar mahkamasidagi manbasiga tayanib xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Manbalardan biri aytishicha, Trampning gap-so‘zlari NATO mamlakatlari va Rossiya o‘rtasidagi chegaralarda keskin vaziyat yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin, u yerda, shu jumladan, Britaniya qo‘shinlari ham joylashgan.

Yana bir manbaning ta’kidlashicha, Tramp muzokaralarda tilga oladigan mavzularni oldindan aytish doim qiyin. Amerika prezidentining qo‘qqisdan bo‘ladigan gap-so‘zlari uning Britaniya hukumati bilan muzokaralari chog‘ida ham namoyon bo‘lgan edi.

Avvalroq AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens Amerika yetakchisi Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda qanday mavzularni ko‘tarishini ma’lum qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют